1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Bayer” va “Lion” Azmunni qo‘lga kiritmoqchi

“Bayer” va “Lion” klublari “Zenit” hujumchisi Serdar Azmunni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi.

“Bayer” va “Lion” Azmunni qo‘lga kiritmoqchi

 

Xabarlarga ko‘ra, ikkala jamoa ham hujumchini yozda, Sankt-Peterburg klubi bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng o‘z safiga qo‘shishni xohlamoqda.

 

Joriy mavsum Serdar Azmun “Zenit” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining Sankt -Peterburg klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt internet portali eronlik futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

 

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi ayni damda Rossiya chempionatida 10-turdan keyin 23 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.

 

Avvalroq, Iskoning “Lion”ga o‘tishi taxmin qilinayotgani va Levandovski yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика