Iordaniyada o‘tkazilayotgan gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yo‘llanma uchun o‘tkazilgan bellashuvda gandbolchilarimiz Iordaniyani 34:26 hisobida mag‘lub etib mundial yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba jamoamizni Osiyoda kuchli oltilikka kirishiga imkon berdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, qitʼa birinchiligida 1-6-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar shu yilning dekabr oyida Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ayollar gandbol jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jamshid Amirov


