
Hozirgi kunda Lyakazett va "Arsenal" o‘rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar to‘xtab qolgan. Futbolchini sotib olish uchun Ispaniyaning "Atletiko" klubi asosiy daʼvogar bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyakazettning amaldagi shartnomasi kelasi yil yakunlanadi. Hujumchi 2017 yil "Lion" klubidan 53 million yevro evaziga "Arsenal" futbolchisiga aylangandi. Fransiyalik bu mavsumda barcha turnirda uchta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.
Avvalroq, Leon Goreska "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Jamshidbek Amirov


