
Bu dunyodagi eng katta xususiy fond hisoblanadi. Uning mulki Angliya premyer-ligasi jamoalarining barchasinikidan 75 foizga ko‘p.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu kelishuv allaqachon amalga oshgan. Bu APL tomonidan tasdiqlangan. Maʼlumotlarda aytilishicha, Mayk Eshli klubni 300 million funtga sotgan.
Arablar klubga sarmoya kiritishni yanvar oyidan boshlashi kutilmoqda. Biroq UEFA qoidalarini buzmaslik uchun bu jarayon asta-sekin amalga oshiriladi.
Jamshidbek Amirov


