1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“PSJ‘ “Fiorentina”dan Mbappega o‘rinbosar topdi

Parijliklar Kilian Mbappening ketishi mumkinligidan xavotirda, shuning uchun klub hujumchiga o‘rinbosar qidirmoqda.

“PSJ‘ “Fiorentina”dan Mbappega o‘rinbosar topdi

 

Parij klubi variantlardan biri sifatida “Fiorentina” futbolchisi Dusan Vlahovichni ko‘rmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, Erling HolandPSJ” uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Biroq Parij sport direktori Leonardo arzonroq va qulayroq bo‘lgan Vlahovichga pul tikmoqchi.

 

Maʼlumotlarga qaraganda, serbiyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Yuventus” klublari qiziqish bildirmoqda.

 

O‘tgan mavsumda Vlahovich A Seriyaning 37 o‘yinida 21 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. 21 yoshli serbiyalik forvard 2018 yildan buyon “Fiorentina”da to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

 

Avvalroq Keylor Navas jarohati tufayli ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborishi va Mbappega 6 yillik shartnoma va 40 million yevro maosh taklif qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика