
Shifokorlar odamlarni oddiygina natriy xlor bilan emlashgan.
Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yilning may va iyun oylarida shaharda 12ta soxta emlash markazlari tashkil etilgan. Umumiy hisobda 2,5 ming kishiga vaksina o‘rniga natriy xlor yuborilgan.
Tergovchilarning fikriga ko‘ra, jinoyatga turli shifoxonalarda ishlaydigan shifokorlar aloqador. Gap shundaki, ular tibbiyot muassasasiga daxldorlik huquqi asosida sertifikatlarni hamda vaksinani sohtalashtirishga erishgan.
Iyun oyida shunga o‘xshash holat Keniyada kuzatilgan. Mahalliy shifokorlar kishilarga vaksina o‘rniga tibbiyotda qo‘llaniladigan tuzli suv yuborishgan va pul talab qilishgan. Mutaxassislar Afrika mamlakatlari aholisi AstraZeneca vaksinasini bepul ko‘rinishda olishlari mumkinligini, biroq tanqislik sharoitidan shifokorlarning ayrimlari uddaburonlarcha foydalanishganini aytishmoqda.


