Unda Islom Maxachev, Zubaira Tuxugov, Usmon Umar va Abubakar Nurmagomedov ishtirok etdi. Shunga qaramay ommaviy axborot vositalari vakillari faqat Xabibga savol berdi.
Jurnalistlar Nurmagomedovdan Rossiyaning eng yaxshi uchta jangchisinomini so‘radi. Ushbu savolga:
66 kg vaznda Zabit Magomedsharipovni aytish mumkin. Lekin Zubaira hali cho‘qqiga chiqmagan. Biz uni kutamiz. 70 kg vaznda chempionlikka daʼvogarlardan biri Islom Maxchev. 57 kg vazn bo‘yicha Asqar Asqarov. Eslang, uchempion Moreno bilan jangda durang qayd etgan. 77 kg vazn bo‘yicha Chimayevda yaxshi imkoniyat bor. Yengil vazn toifasida Ankalayevning ham imkoniyati yomon emas. Rostini aytaymi, lekin kamarda hech kimni ko‘rmayapman”, — deya javob berdi Habib.
Jurnalist va muxlislar liganing sobiq chempioni Aleksandr Drago Volkov haqida so‘radi.
"Volkov yaxshi jangchi, lekin katta janglarda ko‘p holatda mag‘lub bo‘ladi. Albatta bunga uning yoshi ham taʼsir ko‘rsatadi. Men raqobat emas, natija haqida gapiryapman. Endi u ham ikki yil o‘z faoliyatini to‘xtatmasligi kerak. Negaki, Geyn, Lyuis va Bleyd hali beri UFCni tark etish niyati yo‘q. Men tanqid qilmayman, otam u haqida ko‘p qayg‘urgan va ular o‘zaro yaxshi muloqotda bo‘lgan.” — dedi Xabib.
Nurmagomedov jahon afsonasi MMA Fyodor Emelianenko haqida ham fikr bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, Fedor karerasining cho‘qqisi uzoq davom etgan. Shu bilan birga, Xabib aralash jang sanʼati faxriysiga oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Bellator turniriga raqib tanlagani uchun hurmat bajo keltirdi. Eslatib o‘tamiz, Emelianenko Bellator chempionligi uchun sobiq daʼvogar Timoti Jonson bilan uchrashadi.
"Fedor Emelianenko sportni birinchi marta tark etganda, otam Fedor sportni emas, sport uni tark etganini aytdi. Chunki hammamiz cho‘qqiga bir marta ko‘tarilamiz, ikkinchi marta bunaqa imkoniyat bo‘lmaydi. Fedor 45 ga kirdi, bu jang davri emas. Agar rostini aytadigan bo‘lsak Timoti juda xavfli raqib. Menimcha, Emelianenko uni tanlamagan, aksincha, Bellator unga taklif qilgan, lekin u rozi bo‘lgan. Fedor uchun u haqiqiy raqib sanaladi ", - dedi ular haqida Nurmagomedov.
Nurmagomedovdan Konor MakGregor, Toni Fergyuson va Xamzat Chimayev haqida so‘ramaslik mumkin emas edi. Xabib irlandiyalik haqidaqattiq fikr bildirdi. Avvaliga u raqibini "qo‘rqoq tovuq" dyeb atadi. Bundan tashqari Rossiyalik jangchi agar hakam ularning jangiga aralashmaganida, hamma narsa MakGregor uchun halokatli yakunlanishi mumkinligini takidladi.
Jurnalistning agar hakam aralashmaganida qanday voqea yuz bergan bo‘lar edi, degan savoliga Xabib kulib:
Bu qanday savol bo‘ldi. Agar hakam bo‘lmaganida Konor changalimdan omon chiqmasdi. Nima bo‘lishini o‘shanda ko‘rardingiz – deya javob berdi.
Nurmagomedov Toni Fergyusonga karerasini tugatishni maslahat berdi.
“U hozir 38 yoshda, ayting qanday qilib o‘z obro‘sini tiklashi mumkin? So‘nggi janglarda Getji, Oliveira, Dariush uni yengdi. Buni unga aytadigan odam bo‘lishi kerak. Ana o‘sha odam men bo‘la qolay. Sen yaxshisi kelajaging haqida qayg‘ur, sportni tark et”, — dedi sobiq chempion Xabib Nurmagomedov o‘z fikrini yakunlab.
Murod Bahodirov


