Farg‘onada “Click” tizimi orqali o‘zganing pulini o‘zlashtirgan “tadbirkor” qo‘lga tushdi

Hozirgi paytda Click tizimi ko‘pchilik fuqarolar orasida keng ommalashmoqda. Uning bir qator afzalliklari sabab yurtdoshlarimiz biror joyga pul o‘tkazishni o‘zlari mustaqil oson va qulay amalga oshirishyapti. Ammo Click tizimining qulayliklaridan o‘z manfaati uchun foydalanuvchilar ham uchrab turibdi. Shunday “tadbirkor”lardan biri Farg‘onada qo‘lga tushdi.

2020 yilning 12 oktyabr kuni M.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 6 oktyabr kuni nomaʼlum shaxs nomiga tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasidan uyali aloqa apparatiga o‘rnatiladigan “Click” tizimi orqali, plastik karta hisobida bo‘lgan pullardan 718.000 so‘mini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro A.Sh. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.  

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

(Visited 21 times, 1 visits today)
Yig`ilish

Fikr bildirish