“Formula-1”ning yangi mavsumi Avstriyada 5-iyulda boshlanadi

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) “Formula-1” avtopoygasining yangi mavsumini 5-iyulda Avstriyada boshlanishi variantini maʼqulladi. Bu haqda The Judge 13 portali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Avstriya poyganing birvarakayiga ikkita bosqichini qabul qiladi: birinchi bosqich 5-iyulda, ikkinchisi 8 yoki 9-iyulda o‘tadi. Shundan keyin Britaniyada 19 va 23-iyulda yana ikkita bosqich bo‘lib o‘tadi. Bosqichlar tomoshabinlarsiz o‘tadi, avtodromga faqat poygani efirga uzatuvchi televizon brigadalar qo‘yiladi.

“Har bir jamoa alohida mehmonxonada joylashtiriladi”, deyilgan xabarda.

Koronavirus pandemiyasi sababli “Formula-1” taqvimi jiddiy o‘zgarishlarga uchragandi. Avvalroq Avstraliya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar bekor qilingandi hamda Bahrayn, Vyetnam, Kanada, Xitoy, Niderlandiya, Ispaniya, Ozarboyjondagi bosqichlar nomaʼlum muddatga ko‘chirilgandi.

(Visited 2 times, 1 visits today)
Yig`ilish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Комментарии