Sony o‘zining birinchi elektromobilini sinovdan o‘tkazmoqda

Sony kompaniyasi o‘zining birinchi elektr mashinasi Vision-S ni Avstriya yo‘llarida sinab ko‘rishni boshladi.

Sinovlar Avstriyaning Graz shahri yaqinidagi jamoat yo‘llarida o‘tkazilgan. Vision-S prototipi birinchi marta bir yil oldin CES ko‘rgazmasida namoyish etilgan edi. So‘nggi bir yil ichida elektomobil sezilarli darajada modernizatsiya qilindi va avtonom haydash uchun datchiklar soni 40 taga yetkazildi.

Avtomobil funksiyalari Bosch bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan inson-mashina interfeysi yordamida boshqariladi. Tizim haydovchining yuzini aniqlash funksiyasiga, shuningdek ovoz va imo-ishora boshqaruviga ega.

Sony Vision-S umumiy quvvati 544 ot kuchiga ega ikkita elektr dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 4,8 soniyada 100 km / soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 240 km / soatni tashkil qiladi.

 

Nasiba To‘xtayeva

(Visited 3 times, 1 visits today)
Yig`ilish

Fikr bildirish