Yaponiyada qorbolalar uchun mo‘ljallangan sumka sotuvga chiqdi

Yaponiyaning Tsuchiya Kaban brendi The Funof Carrying seriyasidan noodatiy yangilikni taqdim etdi — qorbola uchun sumka. Yukidaruma sumkasi kul rang-grafit rangida ishlangan bo‘lib, qorbola shaklida yaratilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

«Deyarli barcha bolakaylar uzoq qishgi sayrlardan so‘ng uyiga qorbola olib kelishni orzu qiladi», — deydi brend dizaynerlari.

Bolalarning bu kabi orzusini amalga oshirish uchun Tsuchiya Kaban mutaxassislari kichikroq qorbolani tashish uchun maxsus sumkani yaratgan bo‘lib, u suv o‘tkazmaydigan charm va poliefir toladan ishlangan.

«Tikuvchilik mashinasining tuzilish xususiyatlaridan kelib chiqib, usta sumkani muallaq ushlab turishi va uni qorbola shaklidagi egilish bo‘ylab og‘irligi bo‘yicha tikishi, tikish yo‘nalishi va tezligini moslashtirishi bilan birga, choklar orasidagi bir xil masofani taʼminlashi zarur edi. Birorta oraliq bir yoki ikki millimetrga bo‘lsa-da buzilsa, sumka yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin», — deydi kompaniya vakili.

Sumka jamlanmasidan maxsus kovsh ham o‘rin olgan bo‘lib, uning yordamida qorbolaning shaklini buzib yubormagan holda uni chiqarib olish mumkin. Shuningdek, kovsh qorbolaning sumka ichidagi holatini “mustahkamlaydi”.

Sumka dizaynerlari qish ramzining yana bir muhim jihatini yoddan chiqarmagan: uning ichiga tikilgan maxsus hamyonga qorbola burnini solib qo‘yish mumkin.

(Visited 3 times, 1 visits today)
Yig`ilish

Fikr bildirish