1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

12 davlat Falastinning moliyaviy barqarorligi uchun koalitsiya tuzdi

Tashabbus Falastinning xavfsizligi va asosiy moliyaviy xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

12 davlat Falastinning moliyaviy barqarorligi uchun koalitsiya tuzdi

Falastin maʼmuriyatining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida 12 davlatdan iborat koalitsiya tuzilgan. Bu haqda Ispaniya tashqi ishlar vazirligining bayonotida maʼlum qilindi.

 

Koalitsiyaga Belgiya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, Ispaniya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya qo‘shilgan. Tashabbusning asosiy maqsadi Falastin maʼmuriyatining barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xavfsizlikni taʼminlash va zarur moliyaviy xizmatlarni kafolatlashdan iborat.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, koalitsiya aʼzolari allaqachon sezilarli miqdorda mablag‘ ajratgan va kelgusida ham yordamni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

 

Avvalroq BMT Bosh Assambleyasi doirasida Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafo idorasi Saudiya Arabistonining 90 million dollar, Germaniyaning 30 million yevro, Ispaniyaning esa 50 million dollar mablag‘ ajratishini eʼlon qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика