1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

32 yilda ilk bor Oksford va Kembrij kuchli universitetlar uchligidan chiqdi

Buyuk Britaniyada 2026-yilgi eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi.

32 yilda ilk bor Oksford va Kembrij kuchli universitetlar uchligidan chiqdi

The Times va The Sunday Times tomonidan har yili tuziladigan Good University Guide 2026 reytingida tarixiy o‘zgarish kuzatildi. 32 yil ichida ilk bor Oksford va Kembrij universitetlari kuchli uchlikdan joy olmadi.

 

Reyting natijalariga ko‘ra:

 

London Iqtisodiyot va Siyosat fanlari maktabi (LSE) ikkinchi yil ketma-ket birinchi o‘rinni egalladi.

 

Sent-Endryus universiteti ikkinchi,

 

Durham universiteti esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Oksford va Kembrij universitetlari to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Bu tarixiy hodisa bo‘lib, avvalgi yillarda kuchli uchlikdan kamida bittasi doim ushbu ikki universitetdan biri bo‘lgan.

 

Durham universiteti bu yil “Yil universiteti” deb e’tirof etildi. LSE esa “Akademik samaradorlik bo‘yicha yilning eng yaxshi universiteti” va “Rassel guruhi universiteti” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.

 

Reyting tuzishda ta’lim sifati, talabalar tajribasi, ilmiy izlanishlar darajasi, barqarorlik, bitiruvchilarning bandlik imkoniyatlari kabi mezonlar inobatga olindi.

 

Mutaxassislar fikricha, yetakchi universitetlarda o‘qishga qabul yanada raqobatli bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, talabalarning uyga yaqinroq o‘qishni tanlashi natijasida ayrim muassasalar uchun qo‘shimcha stipendiyalar va grantlar orqali alohida toifa yaratilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика