1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda internet butunlay uzib qo‘yildi

Ayni payda mobil aloqa xizmati ham cheklangan.

Afg‘onistonda internet butunlay uzib qo‘yildi

Kecha, 29 sentyabr kuni Afg‘oniston hududi butunlay internetdan uzib qo‘yildi. Bu haqida NetBlocks xalqaro veb-monitoring xizmati maʼlum qildi.

 

“Ayni paytda Afg‘onistonda internetning to‘liq uzilish holati kuzatilmoqda. Ertalab bir nechta tarmoqlar bosqichma-bosqich yopildi, endilikda bu telefon xizmatlariga ham taʼsir ko‘rsatmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

NetBlocks buni Tolibonning “axloqsizlikning oldini olish” siyosati bilan izohladi. Tolibon ikki hafta oldin Afg‘onistonda internetga kirishni cheklash rejasini eʼlon qilgan edi.

 

“Ushbu chora axloqsizlikning oldini olish uchun qabul qilingan va mamlakatda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun boshqa muqobil variant yaratiladi”, degan edi mulozimlardan biri.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu chora mamlakatdagi axborot erkinligini yana-da cheklaydi. Internetning uzilishi taʼlim, biznes va aholining kundalik hayotiga jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, onlayn darslardan foydalanib kelgan qizlar va ayollar uchun imkoniyatlar keskin cheklanmoqda.

 

Xalqaro tashkilotlar va inson huquqlari faollari Afg‘onistondagi bu qarorni keskin qoralab, uni fuqarolarning axborot olish huquqiga qarshi hujum deb atashmoqda.

 

Hukumat internet uzilishining qancha davom etishini hozircha ochiqlamagan. Shu bilan birga, kuzatuvchilar bu siyosat mamlakat bo‘ylab uzoq vaqt avom etishidan xavotir bildirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика