1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda IShID faoliyati butunlay tugatildi

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, IShIDning barcha tarmoqlari tugatilib, a’zolari izolyatsiya qilingan.

Afg‘onistonda IShID faoliyati butunlay tugatildi

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonotida mamlakatda “Iroq va Shom islom davlati” (IShID) terror tashkiloti faoliyatiga barham berilgani ma’lum qilindi.

 

Vazirlikka ko‘ra, tashkilotning mavjud tarmoqlari butkul demontaj qilingan, a’zolari izolyatsiya qilingan va ular endilikda aholi xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaydi. Shu bilan birga, rasmiylar guruhning Afg‘onistondan tashqarida ham aloqador tuzilmalar orqali faoliyat yuritganini qayd etdi.

 

Ichki ishlar vazirligi ayrim jangarilar muhojir qiyofasida mamlakat hududiga kirishga urinishi mumkinligini istisno etmayapti. Biroq, xavfsizlik va razvedka organlari chegara hududlarida vaziyatni doimiy nazorat ostida ushlab turibdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика