1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda uchta avtomashina avariyaga uchradi

Yuk mashinasi BYD va Matiz bilan to‘qnashib ketgan.

Andijonda uchta avtomashina avariyaga uchradi

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB maʼlum qildi.

 

Hodisa Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tgan “Toshkent - O‘sh” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi U.M. o‘zining “Zil-53” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oraliq masofa saqlay olmasdan, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bergan BYD hamda uning orqasidan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasining orqa qismiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

 

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика