MIB axborot xizmatiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi О.M. foydasiga bir nafar farzandining taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari tomonidan tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor farzandini 18 yoshgacha taʼminlash uchun mo‘ljallangan aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash istagini bildirgan. Taraflar o‘rtasidagi kelishuv asosida, undiruvchi sobiq turmush o‘rtog‘idan 1,2 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi 10 yillik alimentni oldindan olganligini maʼlum qilib, bu haqda tilxat taqdim etgan.


