1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh hukumati 1-oktabrdan yopilishi mumkin

Senat tomonidan federal hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha ikki qonun loyihasi rad etilgach, AQShda 1-oktabrdan hukumat yopilishi xavfi yuzaga keldi.

AQSh hukumati 1-oktabrdan yopilishi mumkin

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakat hukumati 1-oktabrdan boshlab vaqtincha yopilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida bayonot berdi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Kongressdagi respublikachilar va demokratlar federal byudjetni moliyalashtirishga oid qonun loyihasi yuzasidan kelishuvga erisha olmasa, hukumat faoliyati to‘xtab qolishi ehtimoli mavjud.

 

“Biz demokratlar bilan muzokaralarni davom ettiramiz, ammo mamlakat bir muddat yopilishi mumkin. Shu davrda biz harbiy va ijtimoiy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratamiz”, — dedi AQSh rahbari.

 

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, hukumat yopilishi sodir bo‘lsa, demokratlar ilgari surgan qator tashabbuslarni moliyalash imkoniyati bo‘lmaydi. Shuningdek, Senat Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashi zarurligini ta’kidladi.

 

Trampning ta’kidlashicha, Senatda respublikachilar 53 ovozga ega, biroq hujjatni qabul qilish uchun 60 ta ovoz talab qilinadi. Shu sababli demokrat senatorlarning ham qo‘llab-quvvatlashi muhim, biroq bunga ishonch past.

 

Avvalroq, Senat federal hukumatni moliyalashtirishni davom ettirishga qaratilgan ikki qonun loyihasini rad etgandi. AQSh ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu jarayon Kongress tanaffusga chiqishi arafasida hukumat yopilish ehtimolini keskin oshirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика