1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh sudi Trampning The New York Times’ga qarshi da’vosini rad etdi

15 milliard dollarlik tuhmat da’vosi protsessual kamchiliklar sabab rad qilindi.

AQSh sudi Trampning The New York Times’ga qarshi da’vosini rad etdi

AQShning Florida shtatidagi federal sudyasi Stiven Merridey prezident Donald Tramp tomonidan The New York Times nashriga nisbatan 15 milliard dollarlik tuhmat da’vosini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi.

 

Sud qarorida ta’kidlanishicha, Trampning da’vo arizasi protsessual talablarni to‘liq bajarmagan, unda javobgar tomonlarga qo‘yilgan talablarning aniq mazmuni va mohiyati ko‘rsatilmagan.

 

Sudyaga ko‘ra, da’vo hujjati raqibni haqoratlash yoki keskin tanqid qilish maydoni emas, balki aniq huquqiy asoslarni taqdim etuvchi hujjat bo‘lishi lozim.

 

Shu bilan birga, Merridey Trampga 28 kun ichida yangilangan, hajmi 40 betdan oshmagan holda qayta da’vo kiritish imkoniyatini berdi.

 

Ma’lumot uchun, 16-sentabr kuni Tramp The New York Times gazetasini “o‘nlab yillar davomida uning shaxsi, oilasi va biznesi hamda Amerika xalqi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan” deb ayblagan edi. Shuningdek, u nashrni “radikal demokratlarning ovozi” sifatida ta’riflagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика