Kaliforniyada 38 yil davomida qilmagan jinoyati uchun qamoqda saqlangan 72 yoshli Moris Xastingsga 25 million dollar miqdorida tovon puli to‘landi. Bu shtat tarixida nohaq sudlanganlik uchun tayinlangan eng katta kompensatsiya hisoblanadi.
Moris Xastings 1983-yilda Roberta Vidermayer qotilligi uchun ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2022-yilda o‘tkazilgan DNK ekspertizasi uning aybsizligini isbotladi. Tahlil jabrlanuvchi tanasidan olingan biologik namunalar Xastingsga emas, balki boshqa shaxs – keyinchalik boshqa jinoyat uchun hibsga olingan va qamoqda vafot etgan Kennet Paknetga tegishli ekanini ko‘rsatdi.
Sud 2023-yilda Xastingsni oqlandi deb tan oldi. U o‘z chiqishida Inglevud politsiyasi hamda Los-Anjeles tuman prokuraturasi tomonidan unga qarshi dalillar sun’iy ravishda yaratilganini ta’kidladi.
“Hech qanday pul mendan tortib olingan 38 yillik hayotni qaytara olmaydi”, – dedi Xastings.
Mazkur ish yuzasidan tayinlangan 25 million dollarlik tovon puli 2025-yil avgust oyida kelishuv asosida belgilangan, hujjatlar esa 22-sentabr kuni ommaga e’lon qilindi.


