1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSHlik sayyoh jarimasi sababli O‘zbekistondan chiqib ketolmadi

Bunga uning avtomobilining mamlakatda turib qolish muddati kechikkani sabab bo‘lgan.

AQSHlik sayyoh jarimasi sababli O‘zbekistondan chiqib ketolmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda dunyo bo‘ylab Lamborghini avtomobilida sayohat qilayotgan AQSHlik bloger O‘zbekistonda bo‘lgani va u O‘zbekistondan chiqib ketayotganda muammoga duch kelgani haqida videomurojaat eʼlon qilgandi.

 

Blogerning aytishicha, u uch kun davomida O‘zbekistondan chiqib keta olmagan, sababi avtomobili O‘zbekistonda bo‘lgani uchun yig‘im to‘lashi kerak bo‘lgan. Sayyoh uni to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo bojxona postida karta orqali to‘lov uchun terminal ishlamagan. Uning qo‘lida esa bunday miqdorda naqd pul bo‘lmagan, eng yaqin bankomat esa 40 km uzoqlikda joylashgani uchun chegara hududini tark eta olmagan.

 

Holat yuzasidan bojxona qo‘mitasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, xorijiy fuqaro o‘zi boshqaruvidagi Lamborghini‘ning O‘zbekistonda bo‘lish muddatini salkam 2 oyga o‘tkazib yuborganligi va shu boisdan avtotransport vositasini olib chiqishga taqiq qo‘yilgan.

 

U belgilangan tartibda 23 mln 72 ming so‘m miqdoridagi yig‘imni to‘lagan va maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilgan. Xorijiy shaxs o‘zining avtotransport vositasida O‘zbekistondan kuzatib qo‘yilgan.

 

“Xorijiy shaxs bevosita bank shoxobchasiga borgan holda valyuta almashtirish va pul naqd qilish kabi bank amaliyotlarini dam olish kunlarida amalga oshira olmagani sababli mazkur jarayonni bugun yakuniga yetkazilgan.

 

Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekistonda bo‘lish muddati 90 kunni tashkil qiladi. Mazkur holatda esa xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekistonga 2025 yil 2 may kuni kirib kelgan va uni qaytarib olib chiqib ketish muddati 2 avgust qilib belgilangan”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика