1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriyada diplomsiz o‘qituvchi 15 yildan keyin fosh bo‘ldi

Qalbaki guvohnoma bilan ishlagan o‘qituvchi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avstriyada diplomsiz o‘qituvchi 15 yildan keyin fosh bo‘ldi

Avstriyada 48 yoshli erkak soxta diplomdan foydalangan holda 15 yil davomida o‘qituvchilik qilib kelgani aniqlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, erkak hamyonini yo‘qotib qo‘ygach, huquq-tartibot idoralari uni tekshirish jarayonida qalbaki guvohnoma topgan. Shundan so‘ng uning hujjatlariga oid tergov ishlari boshlangan.

 

Politsiya gumonlanuvchining uyidan yuqori sifatda tayyorlangan qalbaki diplomni ham topdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yildan beri u nemis tili va jismoniy tarbiya fanlaridan dars bergan.

 

O‘qituvchi so‘roq vaqtida jinoyatni tan oldi. Uning aytishicha, guvohnomadagi qalbakilik “faqatgina rekvizit” bo‘lgan.

 

Maktab ma’muriyati erkakka nisbatan xizmat faoliyatini to‘xtatdi. Agar sudda uning aybi isbotlansa, ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика