1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyada to‘tiqush narkobaronni tutishga yordam berdi

U jinoiy guruh aʼzolarining iboralarini yodlab, uni fosh qilgan.

Britaniyada to‘tiqush narkobaronni tutishga yordam berdi

Buyuk Britaniyada gapiruvchi to‘ti politsiyaga narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘dani fosh etishda yordam berdi. Bu haqida BBS nashri yozmoqda

 

Qayd etilishicha, Mango laqabli qush jinoiy guruh rahbarining maʼshuqasiga tegishli bo‘lib, jinoyatchilar tomonidan giyohvand moddalar bilan muomala qilishda qo‘llagan iboralarni, jumladan, “25ga ikkita” iborasini o‘rgangan.

 

Politsiya katta miqdorda geroin va kokainni musodara qildi, shuningdek, Blekpuldagi reyd chog‘ida to‘tiqushni ham topdi. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, 35 yoshli Adam Garnet 2023-2024 yillar oralig‘ida qamoqxonadan turib jinoiy tarmoqni boshqargan. Uning telefonida giyohvand moddalar tasvirlangan videolar va qushning narkotik moddalar bilan o‘ynab, yodlangan iboralarni aytgani tasvirlangan.

 

Jami 15 nafar jinoiy guruh aʼzosi javobgarlikka tortilgan. Garnett yana 19,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, to‘tiqushni saqlagan qiz do‘sti esa 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика