1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bugun Putin va AQSh maxsus vakili Vitkoff uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Uchrashuv kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bugun Putin va AQSh maxsus vakili Vitkoff uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Vitkoffning uchrashuvi 2-dekabr kuni, tushdan keyin bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

 

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Putinning bugun ertaga Rossiya-Amerika muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir nechta shaxsiy uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.

 

Oq uy ma’muriyati Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha kelishuv imkoniyatlariga juda optimistik qaramoqda. Bu haqda matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga Stiven Vitkoffning Moskva tashrifi bilan bog‘liq savollarga javob berar ekan ma’lum qildi.

 

“Ma’muriyat juda optimistik. Prezidentning butun apparati, jumladan Stiven Vitkoff, Davlat kotibi Marko Rubio, vitse-prezident Vens, shuningdek, Pentagon kotibi Pit Xegset bu borada katta mehnat qildi”, — dedi Levitt.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-noyabr kuni Floridada o‘tkazilgan AQSh-Ukraina muzokaralari samarali bo‘lgan va hozirgi faoliyat “shatl diplomatiyasi” deb ataladigan ikki tomonlama teng muloqot shaklida davom etmoqda.

 

Levitt shuningdek, mumkin bo‘lgan kelishuvning asosiy nuqtalari allaqachon hujjatga tushirilganini va sezilarli darajada takomillashganini ta’kidladi. Tafsilotlar hali muzokara mavzusi bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, Oq uy ushbu jarayonga ijobiy baho berib, urushning tinch yo‘l bilan yakunlanishiga umid bildirmoqda.

Oldinroq Wall Street Journal Vitkoff va Oq uy rahbarining kuyovi Jared Kushnerning Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish maqsadida dushanba kuni Moskvaga kelishi haqida xabar bergan edi.

 

Uchrashuv kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика