“O‘zgidromet” 6-avgust kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 22-27 bo‘ladi.
Shuningdek, markaz e’lon qilgan shoshilinch axborotga ko‘ra, 6-8 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, shuningdek, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


