1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Butunjahon tozalik kunida O‘zbekistonda 55 tonna chiqindi yig‘ildi

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 20 tonnaga ko‘pdir.

Butunjahon tozalik kunida O‘zbekistonda 55 tonna chiqindi yig‘ildi

20-sentabr — Butunjahon tozalik kunida O'zbekistonning barcha hududlarida “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyalari o‘tkazildi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi boshchiligida o‘tgan tadbirda soha mutaxassislari, yoshlar, jamoatchilik vakillari hamda ko‘plab eko-faollar birlashdi.

 

Toshkent dengizi sohilida tashkil etilgan markaziy tadbir davomida ishtirokchilar 15 ta guruhga bo‘linib, hududni tozalash bo‘yicha bellashdi. Natijada 223 kilogramm chiqindi to‘plagan O‘rmon xo‘jaligi agentligi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Jami 962 kilogramm chiqindi yig‘ildi, ularning 200 kilogrammi qayta ishlashga yo‘naltirildi.

 

Barcha viloyatlarni qamrab olgan respublika miqyosidagi aksiyada esa 72 jamoa, 1,7 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashib, umumiy hisobda 55,7 tonna chiqindini yig‘ib, belgilangan tartibda olib chiqdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 20 tonnaga ko‘pdir.

 

Tadbir yakunida yosh eko-rassomlarning atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan suratlari namoyish etildi, eng faol jamoalar esa munosib taqdirlandi.

 

Butunjahon tozalik kuni — faqat bir kunlik aksiyadan iborat emas. Bu, avvalo, har birimizning kundalik hayotimizda tabiatni asrash, chiqindilarni kamaytirish va ularni qayta ishlashga bo‘lgan mas’uliyatimizni eslatib turadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика