Prezident Qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 2024–2030 yillarga mo‘ljallangan milliy dastur tasdiqlandi.
Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
— chang va qum bo‘ronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;
— 2028 yilgacha kuchli chang bo‘ronlari hosil bo‘lish surʼatlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish.
2025 yil 1 yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni o‘rnatish ishlari boshlanadi.
2026 yil 1 yanvardan Toshkentda o‘rnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi.


