1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dam olishsiz transport boshqargan haydovchilar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda transport xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi.

Dam olishsiz transport boshqargan haydovchilar jarimaga tortiladi

4-sentabrdan e’tiboran O‘zbekistonda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida mehnat intizomini buzish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik uchun jarimalar oshirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati tasdiqlagan yangi qonunda belgilangan.

 

Qonunga ko‘ra:

 

Xalqaro va shaharlararo tashishlarda belgilangan dam olish rejimini bajarmagan haydovchilar 7 BRV (2 884 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.

 

Temir yo‘l va metropoliten tizimida xavfsizlik qoidalarini buzgan mansabdor shaxslar hamda xodimlarga 10 BRV (4 120 000 so‘m) gacha jarima qo‘llanadi.

 

Yangi tartiblar yo‘lovchi va yuk tashish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlashni kuchaytirishga qaratilgan. Statistikaga ko‘ra, 2024-yilda temir yo‘l transporti va metropolitenda 130 dan ortiq jiddiy qoidabuzarlik qayd etilgan, natijada 4 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan. Shuningdek, tartibga solinmagan temir yo‘l kesishmalarida yuz bergan 38 ta hodisada 11 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

 

Shu bilan birga, Transport nazorati inspeksiyasi vakolatlari kengaytirildi. Endilikda mazkur organ nafaqat buyruqlar chiqarish, balki bevosita jarima qo‘llash huquqiga ham ega bo‘ladi.

 

Mazkur choralar Prezident tomonidan ilgari surilgan transport xavfsizligi konsepsiyasining uzviy qismi hisoblanadi. Unda haydovchilik guvohnomasini vaqtincha bekor qilish, qayta-qayta qoidabuzarliklarga chek qo‘yish hamda imtiyozli jarima to‘lovlarini bekor qilish kabi qat’iy choralar nazarda tutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика