
Mazkur film real voqealarga asosnlangan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi qattnashchisi, katta leytenant, harbiy uchuvchi, Sovet Ittifoqi qahramoni Mixail Petrovich Devyatayev hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Film syujetiga M.Devyatayev “Do‘zaxdan qochish” nomli avtobiografik asari asos bo‘lib xizmat qilgan.
Kartinada bosh qahramon – Mixail Devyatayevning Ikkinchi jahon urushining so‘nggi yillarida nemis konslageriga tushib qolgani, u yerda nemislarning ishonchiga kirib, dushman harbiy samolyotda bir qancha sovet harbiy asirlarini vataniga olib kelgani hikoya qilinadi.
Film mashhur kinorjissyor Timur Bekmambetov tomonidan “Bazelevs”, “Solumbia Pistures”, “Voyenfilm” kinostudyalari “Rossiya 1” telekanali hamda Rossiya kino fondi hamkorligida suratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.
Avvalroq festival doirasida “Bir kunlik” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilingandi.
Munojat Valiyeva


