
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini eʼlon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 17 avgustdan kuchga kiradi:
1 AQSH dollari 23,00 so‘mga pasaydi va 10 660,00 so‘mni tashkil etmoqda;
1 Yevro 7,08 so‘mga ko‘tarildi va 12 559,61 so‘m deb baholandi;
1 Rubl 0,34 so‘mga pasaydi va 145,06 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 11,00 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 683,00 so‘mni tashkil qilgandi.


