1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona qurildi

U shaharning yangi ramziga aylanishi kutilmoqda.

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona qurildi

Joriy yilning noyabr oyida Dubayda 82 qavatli mehmonxona ochilishi kutilmoqda. Bu haqida Dubay hukumati maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, u dunyodagi eng baland mehmonxona bo‘lib, shaharning yangi ramziga aylanadi. Marina tumanida joylashgan majmua balandligi 377 metrga yetadi. 

 

Hozirda dunyodagi eng baland mehmonxona Gevora mehmonxonasi bo‘lib, u ham Dubayda joylashgan va balandligi 356 metr.

 

Maʼlumot uchun, dunyodagi eng baland osmono‘par bino — Burj Xalifa ham Dubay shahrida joylashgan. U 163 qavat bo‘lib, balandligi 828 metrni tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика