2025 yil 1 noyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarib olish uchun yagona portal orqali ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avval bu jarayon uchun talabalar maʼlumot yoki hujjatlarni dekan o‘rinbosariga, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limiga yoki talabalarni uy-joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi oliygoh bo‘limiga topshirishlari kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, ijara to‘lovining qaytariladigan qismi Toshkent shahrida eng ko‘pi bilan 1 BHM, qolgan hududlarda esa 0,5 BHMdan oshmasligi belgilangan. Bu tartib 2021 yil 24 sentyabrdagi hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda ko‘zda tutilgan.


