1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda grippdan vafot etganlar soni ortmoqda

Yezd viloyatida yil boshidan beri 13 kishi infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Eronda grippdan vafot etganlar soni ortmoqda

Eronning Yezd viloyatida gripp bilan bog‘liq o‘lim holatlari soni oshmoqda. Bu haqda Yezd Tibb fanlari universiteti prorektori Masud Sharifiy ma’lum qilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon viloyatda 1 118 nafar bemorda gripp aniqlangan, ulardan 13 nafari kasallik oqibatida vafot etgan. Qurbonlarning aksariyati yoshi katta va surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan shaxslar ekani aytilmoqda.

 

Sharifiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim holatlarining oltitasi yoz boshida, qolgan yettitasi esa so‘nggi haftalarda qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика