1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada xotini va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Ayblanuvchi 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Farg‘onada xotini va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol birinchi turmushidan ajralib, 2024-yilning iyul oyida shar’iy nikoh asosida ikkinchi bor oila qurgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, oilaviy kelishmovchiliklar tufayli 2024-yilning noyabrida u farzandi bilan ota uyiga qaytib ketgan. O‘sha paytda ayol homilador bo‘lgan.

 

Jinoyat sodir etilgan kuni ayol onasi va voyaga yetmagan farzandi hamrohligida sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birga yashagan ijaradagi uyga buyumlarini olib ketish uchun borganda, erkak janjal oqibatida qaynonasi va rafiqasiga pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada ikki ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Jinoyatchi hujjatlarni – jumladan, xorijga chiqish pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani – yo‘q qilishga ham uringan.

 

Sud hukmi bilan mazkur shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq aybdor deb topilib, unga 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика