1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

G‘azoda Isroil zarbasi oqibatida Reuters, AP va Al Jazeera jurnalistlari halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy halok bo‘lganlar soni kamida 20 kishini tashkil etadi.

G‘azoda Isroil zarbasi oqibatida Reuters, AP va Al Jazeera jurnalistlari halok bo‘ldi

Xalqaro axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Isroil harbiy kuchlari tomonidan G‘azo sektorining janubiy qismida amalga oshirilgan havo zarbasi oqibatida kamida 20 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Marhumlar orasida bir nechta xalqaro OAV vakillari ham bor.

 

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida agentlik operatori Hussam al-Masri ham bor. Associated Press o‘zining mustaqil jurnalisti Maryam Daggoning o‘limini tasdiqladi. Tashkilot 33 yoshli jurnalistning vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.

 

Shuningdek, Al Jazeera telekanali xodimi Muhammad Salama, fotograf Muat Abu Taha hamda Ahmad Abu Aziz ham halok bo‘lganlar qatorida qayd etildi. Ularning ayrimlari qaysi OAV bilan hamkorlik qilgani hozircha aniqlanmagan.

 

AFP axborot agentligining qayd etishicha, XAMAS nazoratidagi fuqarolik mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami kamida 20 kishi, jumladan, uning bir xodimi ham halok bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика