1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda erkak oshqozonidan 29 ta qoshiq va 19 ta tish cho‘tkasi chiqarib olindi

Erkakning aytishicha, u narkomaniyani davolash markazidagi yomon munosabat va tashvish sabab begona jismlarni yutgan.

Hindistonda erkak oshqozonidan 29 ta qoshiq va 19 ta tish cho‘tkasi chiqarib olindi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida shifokorlar 40 yoshli erkakning oshqozonidan o‘nlab begona jismlarni olib tashlashdi. The Times of India xabariga ko‘ra, bemor jarrohlik amaliyoti natijasida 29 ta metall qoshiq, 19 ta tish cho‘tkasi va ikkita ruchkani yutib yuborgani aniqlangan.

 

Ma’lum qilinishicha, erkak bir oy avval narkomaniyani davolash markaziga yotqizilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, u kuchli qorin og‘rig‘idan shikoyat qilib, davlat shifoxonasiga olib kelingan. Ultratovush tekshiruvi jarayonida uning oshqozonida o‘nlab begona jismlar aniqlangan.

 

Jarroh Shyam Kumar boshchiligidagi tibbiyot jamoasi bemorning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Erkak o‘zining bu holatini markazdagi yomon munosabat va kuchli tashvishlar bilan izohladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика