
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida to‘rt nafar ayol ijaradagi sherigini “samosud” qilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 27-avgust kuni soat 23:30 larda Uchtepa tumanidagi 11 kvartalida 4 va 5 uylar orasidagi bolalar maydonchasida birga ijara uyda yashovchi ayollar o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Uning yakuniga ko‘ra, qonuniy chora ko‘rilishi maʼlum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxandaryoda 29 yoshli ayol samosud qilinganligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, bunday holat Parkentda ham kuzatilgandi.


