1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ilon Mask 2025-yilgacha Marsda shahar qurmoqchi

Buning uchun u maxsus raketa tizimini yaratishni rejalashtirmoqda.

Ilon Mask 2025-yilgacha Marsda shahar qurmoqchi

SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Mask insoniyatning kosmik kelajagi haqida yangi maqsadlarini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, og‘ir yuk tashuvchi raketa texnologiyalaridagi yirik yutuqlar tufayli 2055-yilga borib Qizil sayyorada mustaqil va o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan shahar qurilishi mumkin.

 

Maskning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun Marsga uchish imkoniyati har ikki yilda bir marta ochiladigan parvozlarga tayanadi. Bu orqali sayyoraga muntazam ravishda turar joy modullari, energiya tizimlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish majmualari, robot yordamchilari hamda elektronika va raketa ishlab chiqarishga zarur materiallar yetkazilishi lozim bo‘ladi.

 

SpaceX ayni paytda yangi avlod Starship V3 raketa tizimini ishlab chiqmoqda. U 100 tonnadan ortiq yukni orbitaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, to‘liq qayta foydalanish prinsipi asosida yaratilmoqda. Taqqoslash uchun, Starship’ning oldingi versiyasi 121 metr bo‘lsa, yangi V3 tizimi 124,4 metr balandlikka ega bo‘ladi.

 

Kompaniya kelasi yil boshida Starship V3 yordamida ilk uchuvchisiz missiyalarni Marsga yuborishni maqsad qilgan. Ilon Maskning fikricha, insoniyatning boshqa sayyorada barqaror yashashi uchun barcha “sivilizatsiya tarkibiy qismlari” – ishlab chiqarish, oziq-ovqat, energiya va texnologik tizimlar birgalikda o‘rnatilishi zarur.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика