1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Indoneziyada maktab binosi qulab tushdi

Hodisa oqibatida yuzlab bolalar jarohatlangan.

Indoneziyada maktab binosi qulab tushdi

Indoneziyaning Sidoarjo shahrida Al-Xozini maktab-internati qulab tushdi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 13 yoshli bir o‘quvchi halok bo‘lgan, 90 dan ortiq kishi jarohatlangan, ulardan ayrimlari og‘ir ahvolda. Taxminan 38 kishi vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin.

 

Mutasaddilar maʼlum qilishicha, bino dastlab ikki qavatli bo‘lgan, ammo ruxsatnomasiz qo‘shimcha qavatlar qurilgan. Poydevor qo‘shimcha yukni ko‘tara olmagan va bu halokatga olib kelgan.

 

Favqulodda xizmat xodimlari, harbiylar va politsiya hodisa joyida ishlamoqda. Vayronalar ostida qolganlarga maxsus quvurlar orqali kislorod va suv yetkazilmoqda.

 

Mahalliy hukumat hodisani “katta fojea” deb atab, qurilish normalariga amal qilinmagani sabab bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Voqea ortidan Indoneziyada maktab binolari xavfsizligi va qurilish nazoratining kuchaytirilishi zarurligi haqida muhokamalar kuchaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика