O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligiga olib chiqqan va Qatarda o‘tgan Jahon chempionati 1/8 finaliga yetib borgan Islombek Ismoilov Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Islombek Ismoilov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida e’tirof etiladi. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy o‘yin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
“Neftchi” jamoasining asosiy vazifalari kelgusi mavsumda:
- Chempionlikni saqlab qolish va mustahkamlash;
- Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish;
- Jamoaning raqobatbardosh va uzluksiz rivojini ta’minlash.


