1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil hukumati Falastinni yo'q qilishga chaqirdi

Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada Falastin davlatini tan olgach, Isroil hukumati keskin munosabat bildirdi.

Isroil hukumati Falastinni yo'q qilishga chaqirdi

Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada tomonidan Falastin davlatini tan olish qaroridan so‘ng Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Falastin ma’muriyatiga qarshi keskin choralar ko‘rishni taklif qildi.

 

Vazirning fikricha, bunday qarorga javoban Isroil G‘arbiy sohilda “zudlik bilan o‘z suverenitetini o‘rnatishi” va Falastin ma’muriyatini “to‘liq bostirishi” lozim. Ben-Gvir bu boradagi taklifini vazirlar mahkamasi yig‘ilishida muhokamaga taqdim etishini ma’lum qildi.

 

Uning pozitsiyasini “Otzma Yehudit” partiyasining boshqa a’zolari, jumladan, Negev, Galil va milliy mustahkamlik vaziri Yitzhak Vasserlauf ham qo‘llab-quvvatladi. Vasserlaufning so‘zlariga ko‘ra, “Isroil zamini faqat Isroil xalqiga tegishli, Falastin xalqi ham, Falastin davlati ham mavjud emas”.

 

Shu bilan birga, Kanada Bosh vaziri Mark Karni Falastin ma’muriyatining xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda saylovlar o‘tkazish va demilitarizatsiya bo‘yicha islohotlarni amalga oshirayotganini qayd etdi.

 

Isroil Tashqi ishlar vazirligi esa Falastinni tan olish qarorini “XAMAS uchun mukofot” deb baholadi. Falastin ma’muriyati esa buni “mustaqillik sari muhim qadam va ikki davlat yechimini saqlab qolish imkoniyati” sifatida talqin qildi.

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumat yig‘ilishida yaqin kunlarda BMT Bosh Assambleyasida “haqiqatni aytish” va Isroilning pozitsiyasini xalqaro maydonda taqdim etishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика