1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Istanbulda ISHID rahbari qo‘lga olindi

U 2022 yil martidan buyon terrorchi guruhga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Istanbulda ISHID rahbari qo‘lga olindi

 

 Istanbulda ISHID xalqaro terrorchilik guruhi rahbari Abu al-Hasan al-Qurayshiy qo‘lga olindi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

 

Mahalliy OAV maʼlumotlariga ko‘ra, terrorchi o‘tgan hafta qo‘lga olingan. yaqin kunlarda Rajab Toyyib Erdog‘an ushbu voqea munosabati bilan bayonot berishi mumkin.

 

Al-Qurayshiy Turkiya milliy razvedka tashkiloti hamda terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligidagi amaliyot natijasida qo‘lga olingan.

 

Abu al-Hasan al-Qurayshiy 2022 yil martida ISHID rahbariga aylangandi. U terrorchi tashkilot asoschisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning ukasi hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика