1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi

Patrul xodimlari endi fuqaroning shaxsini “E-Patrul” tizimi orqali planshet yordamida aniqlashi mumkin.

Jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi yanada raqamlashtirilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, patrul-post xizmati xodimlari jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini planshet orqali, “E-Patrul” elektron tizimidan foydalanib aniqlashi mumkin bo‘ladi. Ushbu yondashuv xodimlarning ishini tezlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsizlik choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Qoidaga muvofiq, fuqaro faqat uch holatda to‘xtatilishi mumkin: agar u qonunbuzarlikda gumon qilinsa, voqea guvohi bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lsa yoki ushlab turish uchun qonuniy asos bo‘lsa. Har bir holatda xodim fuqaroning nima sababdan to‘xtatilayotganini ochiq tushuntirishi shart.

 

Shu bilan birga, patrul xodimlari shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda maxfiylik talablariga qat’iy rioya qilishi lozim. Yangi tizimning joriy etilishi fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishi, shuningdek, jamoat xavfsizligi jarayonlarini zamonaviylashtirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика