1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kamerun Prezidentining qizi saylovchilarni otasini qo‘llamaslikka chaqirdi

Pol Biyya 1982-yildan buyon mamlakatni boshqarib keladi va 12-oktabrdagi saylovlarda 8-bor nomzod sifatida qatnashmoqda.

Kamerun Prezidentining qizi saylovchilarni otasini qo‘llamaslikka chaqirdi

Kamerun Respublikasi Prezidenti Pol Biyaning yagona farzandi – Brena Biyya ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishi bilan mamlakat jamoatchiligi e’tiborini tortdi. U e’lon qilgan videomurojaatida Kamerun fuqarolarini 92 yoshli amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi.

 

Brena o‘z murojaatida ota-onasi bilan shaxsiy munosabatlari izdan chiqqanini, oila a’zolaridan bosim va tahdidlarni boshdan kechirayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, u prezidentning 8-bor saylovda ishtirok etayotganini alohida ta’kidladi va mamlakat aholisi unga ovoz bermasliklari lozimligini bildirdi.

 

Ushbu murojaat qisqa fursat ichida uning shaxsiy sahifasidan olib tashlangan bo‘lsa-da, videolavha mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng tarqalib ketdi.

 

Ma’lumot uchun, Kamerun Prezidenti Pol Biyya 1982-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. U joriy yilning 12-oktabrida o‘tkazilishi belgilangan prezidentlik saylovlarida yana nomzod sifatida ishtirok etishini rasman ma’lum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика