Jamiyat
|
20 Dekabr 11:18
459
Jamiyat
|
20.12.2021, 11:18
459

Kim o‘zarga to‘y qilayotganlar o‘rtasida targ‘ibotni kuchaytirish lozim — Murotjon Azimov

Ayni daqiqalarda Qashqadaryo viloyati hokimining viloyat ahliga murojaati bo‘lib o‘tmoqda.

 

Sessiyada Murotjon Berdialiyevich Azimov viloyatda aholi tomonidan betartib ovqatlanish, go‘sht mahsulotlarini meʼyoridan ko‘p isteʼmol qilish yurak qon-tomir kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

- Ijtimoiy tarmoqda kuzatganim bir lavha haqida, Qashqadaryo viloyatida bo‘lgan to‘y haqida so‘z yuritib, 10 dan ortiq qozon osib, 40 - 50 mln. so‘m pul sarflab, bazm uyushtirayotgan, kim o‘zarga to‘y qilayotganlar o‘rtasida targ‘ibotni kuchaytirish lozim deb o‘ylayman.

 

Bir kunlik to‘y uchun sarf etiladigan 40-50 mln. mablag‘ga qancha kitob sotib olsa bo‘ladi, qancha ehtiyojmand uchun xayr-saxovat amalini olib borsa bo‘ladi. Shu qishloq uchun kutubxona yoki o‘quv markazi barpo etsa bo‘ladi. Bu kabi meʼyoridan ortiq ovqatlanish birinchidan salomatlik uchun xavfli, qolaversa yillar davomida og‘ir mehnat orqali topilgan mablag‘ni maqsadli sarflash haqida ham o‘ylashimiz kerak.

tags: