1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kobulda ayollar pensiya to‘lovlarining kechiktirilishiga qarshi namoyish o‘tkazdi

Xavfsizlik kuchlari norozilikni tarqatish chog‘ida kuch ishlatgan, ayrim ayollar kaltaklangan.

Kobulda ayollar pensiya to‘lovlarining kechiktirilishiga qarshi namoyish o‘tkazdi

Seshanba kuni Kobul shahrida o‘nlab nafaqaxo‘r ayollar to‘lanmagan pensiyalarni talab qilib, Tolibon nazoratidagi Pensiya boshqarmasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi.

 

Mahalliy manbalarning ma’lum qilishicha, namoyishda sobiq davlat muassasalari xodimlari, jumladan, tarqatib yuborilgan parlament hamda Ta’lim vazirligi vakillari qatnashgan. Ayollar pensiya pullarining oylar davomida berilmayotganidan norozi bo‘lishgan.

 

Guvohlar xabariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari namoyishni tarqatish chog‘ida ayollarni kuch ishlatib surib yuborgan, ayrim ishtirokchilar kaltaklangan. “Biz faqat pensiyalarimizni talab qildik, ammo buning o‘rniga zo‘ravonlikka duch keldik”, deya bildirgan namoyishchilardan biri.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda minglab nafaqaxo‘rlar 2021-yilda Tolibon hokimiyatga qaytganidan buyon pensiya to‘lovlarining kechikishi sabab iqtisodiy qiyinchiliklardan shikoyat qilib kelmoqda. Tolibon rasmiylari esa voqea yuzasidan izoh bermadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика