1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib plastikdan pul ishlab chiqaradi

Ushbu kupyuralar namlikka chidamli, yirtilmaydi va ekologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi.

Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib plastikdan pul ishlab chiqaradi

 

1-dekabr kuni Turkmaniston Markaziy banki mamlakatda ilk bor polimer (plastik) materialdan tayyorlangan 200 manatlik kupyurani muomalaga kiritdi. Yangi banknotning old tomonida Arkadag yodgorligi, orqa tomonida esa Arkadag shahri ma’muriyati binosi tasvirlangan.

 

Shuningdek, 1, 5 va 10 manatlik banknotalarning yangilangan polimer versiyalari ham muomalaga chiqarildi. Ularning asosiy dizayni saqlab qolingan bo‘lsa-da, barcha nominallarga 2025-yilning Turkmanistonda “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan maxsus emblema qo‘shildi.

 

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, polimer kupyuralar yuqori darajadagi qalbakilashtirishdan himoya, ifloslanish, eskirish, yirtilish va namlikka nisbatan yuqori chidamlilik bilan ajralib turadi. Polimer banknotalar qog‘oz variantiga nisbatan ikki-uch baravar uzoqroq muddat xizmat qiladi, bakteriyalarni kamroq yig‘adi hamda to‘liq qayta ishlanishi mumkin.

 

Ushbu qaror bilan Turkmaniston Markaziy Osiyo mintaqasida plastik banknotalarni muomalaga kiritgan birinchi davlatga aylandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика