1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda gaz quyish shaxobchasi yonib ketdi

Joriy yilning 2-oktabr kuni soat 00:13 da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan tumani “Qurama” mahalla fuqarolar yig‘ini Qorasuv ko‘chasi 2 uyda joylashgan “Zamin Metal Sanoat” MCHJga tegishli 1-AGTKSH (avtomabillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi)da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida maʼlumot kelib tushgan.

Namanganda gaz quyish shaxobchasi yonib ketdi

 

 

Namangan tuman va Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari zudlik bilan voqea joyiga soat 00:25 da yetib borgan hamda yong‘in soat 00:27da qurshab olingan

 

Yong‘in natijasida shaxobchaning birinchi gaz quyish uskunasi va shift qismida 40 kv.metr joyi yonib zararlangan, yong‘in qutqaruvchilar tomonidan esa soat 00 : 45da o‘chirilgani ma'lum bo'ldi.

 

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida insonlarda kuyish, tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

 

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Samarqanda o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani va Toshkentda oshxona yonib ketgani haqida FVV rasmiy maʼlumot bergandi. Shuningdek, Toshkentda elektr podstatsiyasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика