1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Namanganda masjid qurilishi paytida qo‘shni uy darvozaxonasining tom qismi qulab tushdi

Namangan shahridagi “Zarkent” mahalla fuqarolar yig‘ini “Axsi” ko‘chasida joylashgan “Homiddin qori” jomeʼ-masjidi uchun tahoratxona qurilishi jarayonida kutilmagan ko‘ngilsiz voqea yuz berdi.

Namanganda masjid qurilishi paytida qo‘shni uy darvozaxonasining tom qismi qulab tushdi

 

 

 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Qahramon Sattorovning maʼlum qilishicha, 2021 yil 29 avgust soat 18:45-19:00lar chamasida devor o‘pirilishi sodir bo‘lganligi sababli, uning yonidagi 19-berk, 21-“a” uydagi darvozaxonaning yon devori ham o‘pirildi. Buning oqibatida darvozaxonaning tom qismi qulab tushgan.

 

 

Hozirda voqea joyida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi va shahar FVB yong‘in-qutqaruv bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

FVB qutqaruv otryadi mutaxassislari tomonidan mazkur hodisaning sodir bo‘lishi tufayli fuqarolarga jiddiy tan jarohati yetmagani aytilmoqda.

 

Avvalroq, Abdullaxon II madrasasining bir qismi o'pirilib tushganligi haqida xabar bergan edik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика