1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Navoiydagi toshdan qurilgan qishloq haqida bilasizmi?

Tog‘ tepasida yashaydigan oilaga pastga tushib chiqishlari uchun besh yuz metrlik zina o‘rnatilgan. Eʼtiborlisi shundaki, o‘sha oilaning farzandi, o‘rnatilgan zinadan foydalanib, taxminan olti kilometr uzoqlikdagi maktabga qatnaydi. O‘sha zinadan tepalikka ko‘tarilar ekansiz, atrof-muhit yana-da go‘zallashib boradi.

Navoiydagi toshdan qurilgan qishloq haqida bilasizmi?

Navoiy viloyatining tog‘ bag‘rida joylashgan Sentob qishlog‘i qariyb uch ming aholisi bilan nafaqat o‘zining so‘lim tabiati, balki qadimiy sivilizatsiya izlari, boy madaniy merosi va saqlanib qolgan milliy qadriyatlari bilan ham mashhur. Bugungi kunda Sentob turizm qishlog‘i sifatida tanilib, xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.

 

 

Qishloqda yigirmaga yaqin mehmon uyi hamda uchta mehmonxona faoliyat yuritib, sayyohlarga qulay sharoitlar taqdim etmoqda. Eng eʼtiborli jihati shundaki, Sentob o‘zining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolgan bo‘lib, bu yerda qadim zamon odamlari hayot tarzini his qilish mumkin.

 

 

Sentobning jozibasi nafaqat tog‘ manzaralari, balki 30 kilometr narida joylashgan Aydarko‘l bilan ham uyg‘unlashadi. Katta suv havzasining bo‘yida sakkizta o‘tov oromgohi barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uch ming nafarga yaqin sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.

 

Raqamlarga ko‘ra, 2024 yilda Aydarko‘lga 70 mingdan ortiq xorijiy va 450 ming mahalliy sayyoh tashrif buyurgan. Joriy yilda esa 50 ming nafardan ortiq xorijiy, qariyb 200 ming mahalliy sayyoh kelgani qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика